KOMBINATDA ISHCHI-XODIMLAR OVQATLANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“O‘zmetkombinat” AJ ishchi-xodimlarini sifatli ovqatlanish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “O’zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev,soha mutaxassislari hamda tegishli komissiya a’zolari ishtirok etdilar.
Suhbat jarayonida ishchi-xodimlarning sog‘lom ovqatlanishi, ish unumdorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ovqatlanish sifatini nazorat qilish, ratsional menyuni shakllantirish va zamonaviy talablarga mos xizmat ko‘rsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli xulosalar chiqarilib, aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Belgilangan vazifalar ishchi-xodimlarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda korxona faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgani ta’kidlandi.