“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA QURILISH OBYEKTIDA YONG‘IN VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA PROFILAKTIK UCHRASHUV O‘TKAZILDI
“O‘zmetkombinat” AJ O‘FVB va kombinatga qarashli loyiha tashkiloti hamkorligida rekonstruksiya qilinayotgan yangi o‘quv binosi loyihasi bilan yaqindan tanishildi.Jarayon davomida qo‘shimcha evakuatsiya inshootini barpo etish bo‘yicha texnik shartlar, qurilishda belgilangan me’yor va talablar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJ Sanoat qurilish montaj tresti (SҚMT) ishchilari bilan qurilish maydonida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda yong‘in xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, ayniqsa, gazda kesuvchi agregatlar bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan talablar yana bir bor tushuntirildi.