Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘ZBEK AKADEMIK DRAMA TEATRI JAMOASI BILAN IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

03.02.2026 03.02.2026 73

   

Metallurglar madaniyat saroyida Bekobod shahar hokimligi tashabbusi hamda 
“O‘zmetkombinat”AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbek akademik drama teatri jamoasi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining xalq artistlari Yodgor Sa’diyev, Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov, Zuhra Ashurova, Tohir Saidov, Saida Rametova, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Lola Eltoyeva, Ma’rat Azimov, Ra’no Yarashova hamda teatr aktyorlari Sharofiddin Muzrobov va Hamza Hasanov ishtirok etdilar.

Ijodiy uchrashuv davomida san’at arboblari tomonidan Vatanimiz tarixi, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, jamiyatda ayollarga qaratilayotgan davlat siyosati, shuningdek, teatr san’atining inson ma’naviy-axloqiy kamolotidagi o‘rni yuzasidan mazmunli ma’ruzalar va fikr-mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birga, tadbir doirasida namoyish etilgan musiqiy chiqishlar uchrashuvning mazmunini yanada boyitib, unda ishtirok etganlarning ma’naviy dunyosini yuksaltirishga xizmat qildi.

 

0

(0 ovoz)