Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“METALLURG”NING TARKIBI MA’LUM! ILK UCHRASHUVDANOQ G’ALABA QOZONDI

06.02.2026 06.02.2026 30

   

“Metallurg” futbol jamoasi 2026-yil 26-yanvar sanasidan mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlariga kirishdi. Mazkur tayyorgarlik jarayoni davomida jamoa 11 kun mobaynida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib bordi.

Mavsumoldi yig‘inining birinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, jamoa bugun nazorat o‘rtoqlik uchrashuvida Toshkent shahrining “Lokomotiv” U-21 futbol jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 4:3 hisobida “Metallurg” futbol jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur bellashuvda “Metallurg” jamoasi tomonidan jami to‘rtta gol urildi. Aniq zarbalar Azimjon Ahmedov tomonidan bir bor, Ibrohim No‘monov tomonidan ikki bor hamda Navruz Iminjonov tomonidan bir bor amalga oshirildi.

Uchrashuvda “Metallurg” jamoasi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Darvozani Suhrob Sultonov qo‘riqladi. Himoya chizig‘ida Azimjon Ahmedov, Usmonali Abdukarimov, Sardor Sadullayev va jamoa sardori Mirzoxid G‘ofurov harakat qildi. Yarim himoyada Sherzod Komilov, Bexruz Shodmonov, Sanjar Shoaxmedov hamda Komil Tojidinov ishtirok etdi. Hujum chizig‘ida esa Ibrohim No‘monov va Mo‘min Meliyev o‘yin olib bordi.

Nazorat uchrashuvidan so‘ng “Metallurg” futbol jamoasiga ikki kunlik dam berildi. Jamoa dushanba kunidan boshlab mavsumoldi tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga kirishadi. Rejaga muvofiq, tayyorgarlik jarayonining keyingi bosqichida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish belgilangan.

“Metallurg” futbol jamoasi faoliyatiga oid rasmiy axborotlar bilan Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali tanishib borish mumkin.

 

5.00

(1 ovoz)