+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BOSHQARUV RAISINING NAVBATDAGI QABUL KUNI BO’LIB O’TDI

BOSHQARUV RAISINING NAVBATDAGI QABUL KUNI BO’LIB O’TDI
1 / 4

    
“O‘zmetkombinat” AJda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boshqaruv raisi – Bosh direktori Bahodir Abdullayev tomonidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida murojaatchilar tomonidan asosan moddiy yordam ajratish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish hamda mehnat faoliyatiga doir boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Murojaatchilarning asosiy qismini kombinat ishchi-xodimlari tashkil etdi. Shuningdek, qabulda hudud aholisi vakillari ham ishtirok etdi.

Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, har biri yuzasidan mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

3.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish