“O‘ZMETKOMBINAT" KORXONALARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI TARG‘IBOTI KUCHAYTIRILMOQDA
“O’zmetkombinat” AJ ga qarashli Bekobod Kislorod ishlab chiqarish korxonasi hamda Bekobod Rangli metallar ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tushuntirish va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi amaliy misollar asosida tushuntirildi. Shuningdek, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar — texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, nosoz elektr jihozlaridan foydalanish, ochiq olov bilan ehtiyotsiz muomala qilish hamda texnik reglament talablarining buzilishi kabi holatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Mutaxassislar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish, evakuatsiya qoidalariga amal qilish hamda sergaklikni oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalarni taqdim etdilar.
Mazkur tadbir ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash, ishchi-xodimlar hayoti va salomatligini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.