+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O’ZMETKOMBINAT” VAKILLARI NAVOIY MASHINASOZLIK ZAVODIGA TASHRIF BUYURDI

“O’ZMETKOMBINAT” VAKILLARI NAVOIY MASHINASOZLIK ZAVODIGA TASHRIF BUYURDI
1 / 3

Delegatsiyamiz vakillari  Navoiy mashinasozlik zavodiga xizmat tashrifini amalga oshirildi. Tashrif doirasida delegatsiya korxonaning Quymachilik, Mexanik-yig‘uv, Stanoksozlik, Qozon payvandlash, shuningdek Polimer va rezina mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari faoliyati bilan atroflicha tanishdi.

Tanishuv jarayonida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlarning tashkil etilishi, mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasi hamda ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil o‘rganildi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro joriy etish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tashrif yakunida ikki korxona o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilab olishga kelishib olindi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish