+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA TF INTERNATIONAL SECURITIES GROUP LIMITED VAKILLARI BILAN MUZOKARALAR O‘TKAZILDI

“O‘ZMETKOMBINAT”DA TF INTERNATIONAL SECURITIES GROUP LIMITED VAKILLARI BILAN MUZOKARALAR O‘TKAZILDI
1 / 4

    

“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi — bosh direktor Bahodir Abdullayev hamda TF International Securities Group Limited vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida korxonaning xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda korxonani xalqaro kapital bozorlariga chiqish jarayonlariga tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar korxonaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlari, ehtimoliy yevroobligatsiyalar emissiyasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, amalga oshirilayotgan modernizatsiya va investitsiya loyihalari, shuningdek, istiqboldagi rivojlanish rejalari haqida ham ma’lumot berildi. Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, aloqalarni izchil davom ettirish hamda istiqbolli loyihalar bo‘yicha amaliy muloqotni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, TF International Securities Group Limited Gonkongda faoliyat yurituvchi yetakchi moliyaviy institutlardan biri bo‘lib, korporativ moliya, investitsion bank xizmatlari va kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha xalqaro miqyosda faoliyat yuritadi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish