+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

«O‘ZMETKOMBINAT» VA AMERIKANING YIRIK KOMPANIYASI ELDRIDGE INDUSTRIES: ISTIQBOLLI HAMKORLIK SARI

«O‘ZMETKOMBINAT» VA AMERIKANING YIRIK KOMPANIYASI ELDRIDGE INDUSTRIES: ISTIQBOLLI HAMKORLIK SARI
1 / 5

«O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev AQShning yirik investori, Eldridge Industries kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boehly bilan uchrashuv o‘tkazdi.Avvalroq Todd Boehly janoblarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilgan edi. Bu mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan islohotlarning muhim ifodasidir.Uchrashuv davomida «O‘zmetkombinat» AJning strategik ahamiyatga ega «Tebinbuloq» temir rudasi konini o‘zlashtirish loyihasi, uni amalga oshirish imkoniyatlari hamda ushbu yo‘nalishda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Mazkur loyiha kombinatning xomashyo bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va metallurgiya sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Samimiy va ishchan ruhda o‘tgan uchrashuvda istiqbolli tashabbuslar hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish