Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Kombinat haqida

"O'zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati

20.09.2023 21.11.2024 13232

        

O‘zbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati (“O‘zmetkombinat” AJ) Markaziy Osiyoda qora metallurgiya sanoati to‘ng‘ichi va
mamlakatimizda navli prokat mahsulotlari hamda po‘lat zoldirlar ishlab chiqaruvchi yirik korxona hisoblanadi. O‘zbekistondagi eng ko‘p soliq
to‘lovchi korxonalarning 10 taligidan joy lgan “O‘zmetkombinat” AJda bugungi kunda 100 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Ular jumlasiga qora va rangli metal mahsulotlari,  qurilish materiallari va keng turdagi xalq iste’mol mollari kiradi. Kombinat ko‘plab boshqa
korxonalar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Kombinatda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar katta hajmdagi, yuqori sifatli, eksportbop va
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi garovidir. Bugun “O‘zmetkombinat” AJ
rivojlangan ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lib, yetakchi metallurgiya korxonalari qatoridan munosib o‘rin egallab,
O‘zbekistonning yirik sanoat gigantlaridan biriga aylandi. Kombinatning umumiy yer maydoni 400 gektardan ortiq bo‘lib, korxona 1944-yil 5-mart kuni
Marten pechida birinchi po‘lat eritmasi olinishi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Ushbu sana esa “O‘zmetkombinat” AJning tug‘ilgan kuni sifatida
nishonlanadigan kun bo‘lib qoldi.

 

Kombinat quyidagilarni ishlab chiqaradi:

- Navli prokat va polat zoldirlar;

- Rangli metallar va metall buyumlar;

- Ferroqotishmalar;

- Issiqliqlik o‘tkazmas materiallar;

- Xalq isteʼmoli mollari (sirlangan idishlar);

- Gazsimon va suyuq argon, azot, kislorod;

- Yuqori omli koks.

 

       “O‘zmetkombinat” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari:

ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha puxta o‘ylangan yagona texnik siyosatni amalga oshirish, zamonaviy energiya
tejamlovchi texnologiya va asbob-uskunalarni joriy etish, shuningdek jamiyatning xom ashyo bazasini kengaytirish;

ishlab chiqarishning yuqori o‘sish surʼatini taʼminlashga yo‘naltirilgan jamiyatni boshqarish tizimida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulotni eksport qilish hajmini ko‘paytirish, shu jumladan yangi bozorlarni o‘zlashtirish hisobiga, mahsulotning tannarxini
pasaytirish bo‘yicha ishlarni maqsadga yo‘naltirilgan tizimli negizda olib borish;

xom-ashyo bazasini kengaytirish, yangi yuqori texnologiyali korxonalarni qurish va ishga tushirish, shu jumladan loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish
jarayonlarining samaradorligini oshirish va shaffofligini taʼminlash bilan to‘g‘ridan to‘qri investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, loyihalarni boshqarishning
zamonaviy  uslublarni  joriy etish;

metallurgiya mahsulotlarini, butlovchi buyum va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirilishini kengaytirish tuzilmasini maqbullashtirish va tovar
va xizmatlar importini qisqartirish maqsadida;

“O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati istiqbolda oddiy ishchidan tortib to ijroiya apparati xodimlarigacha boʻlgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash,
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdek
vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan.

 

 

 

4.54

(54 ovoz)