Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

MEHNAT BAXT KELTIRAR

07.02.2025 07.02.2025 1806

   Sohiba Jalolova kasbiga bo‘lgan mehri tufayli sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. U dastlab 2013-yil Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasida, keyinchalik Issiqlikni o‘tkazmas materiallar ishlab chiqarish bo‘linmasida mMahsulot sifati va standartlariga rioya etilishi nazorati xizmati nazoratchisi vazifasida mehnat qildi. S. Jalolovaning asosiy ish vazifasi mahsulotlarning sifatli chiqishini nazorat qilib turishdan iborat. Demak, bugungi kunda kombinatda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarilishida uning ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Zero, ustozi Zarnigor Aminovadan olgan kasb sirlari qo‘l kelib ibratli ishchilardan biriga aylangan.

   Hozirgi kunda esa kombinatimizning Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasida nazoratchi vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Turmush o‘rtog‘i Mansur Jalolov ham metallurg bo‘lib, u Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika boshqarmasida ishlab kelmoqda. Ko‘plar qatori ular ham kombinatning iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Xalqimizda “Mehnat baxt keltirar” degan maqol bor, bugun mehnatlari orqasidan baxtli yashayotgan bu kabi metallurg oilalarni ko‘rib havas qilamiz.

 

0

(0 ovoz)