Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

PO‘LAT ERITISHDA TOBLANGAN INSON

20.05.2025 20.05.2025 140

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” Rabbim ota Nurjayev umrining 40 yilini “O‘zmetkombinat” AJ bag‘ishladi. Tajribali po‘lat erituvchi yuzlab shogirdlariga murabbiylik qilgan. Marten sexi faxriysi ko‘plab orden va medallar sohibi. Mehnatda erishgan yutuqlari uchun metallurgiya zavodi tomonidan “Jiguli” yengil avtomobili bilan mukofotlangan.

 Rabbim Nurjayevning bolaligi “Dalvarzin” dashtlarida o‘tdi. Yigitlik burchini Rigada o‘tab qaytgach 1959-yili metallurglar jamoasida ish boshlab, 2000-yil 26-avgustgacha Marten sexida mehnat qildi.

– Biz po‘lat eritgan davrda pechlar yoniga maxsus kiyimlarda kirish bilan birga oyoq kiyimimiz ostiga qalin taxtalarni mixlab olardik. Bo‘lmasa pech oldida turganimizda poyabzalimiz dosh beraolmay yonib ketishi mumkin edi, – deb xotirlaydi Rabbim ota.

Otashin haroratda pechlar yonida 40 yil mehnat qilish bu qahramonlik!

R. Nurjayev shunday sharoitda ham boshqalarga namuna ko‘rsatib ishlagan. Mehnati tufayli olgan mukofotlari ham buni tasdiqlab turibdi.

Po‘lat eritishda yuqori natijalarga erishgani uchun 1976-yil 16-yanvarda “Jiguli” yengil avtomobili bilan taqdirlangan.

Buni otaxon shunday eslaydi: “Yig‘ilish oxirida zavod direktori I.Muhammedov meni sahnaga chaqirdi. O‘shanda ko‘k rangli “Jiguli” sahnada turardi. Butun zal qiyqiriqlarga to‘lib ketgandi, hamma quvonib qarsak chalishar va meni tabriklashardi. Mana 49 yildan oshdiki bu mashinani boshqa rangga bo‘yamadim”.

Darvoqe o‘sha ko‘k rangli “Jiguli” hozir ham ota hovlisida turibdi.

Rabbim ota 1984-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Ko‘ksidan bir qator orden va medallar ham joy olgan. 1983-yil 26-mayda “Faxriy metallurg” unvoni bilan taqdirlangan. Shu bilan birga ko‘plab faxriy yorliqlar olgan. 1980-1985-yillar O‘zbekiston Oliy Soveti deputati bo‘lgan.

Rabbim ota asos solgan Nurjayevlar sulolasi kombinatda eng taniqli sulolalardan biridir.

Irodasi po‘latdek mustahkam po‘lat erituvchi, kamtarin inson Rabbim ota Nurjayev yaqinda 92 yoshga to‘ladi.  

Bunday insonlar kombinat boyligi va faxridir.

 

Suratda: po‘lat erituvchi R. Nurjayev, brigada boshlig‘i  A. Aliyev po‘lat erituvchilar N. Rilkin A. Drannikov. 1972 yil. 

 

5.00

(2 ovoz)