Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TAJRIBALI MUTAXASSIS  – MUVAFFAQIYAT KALITI

18.06.2025 18.06.2025 284

  

Tajribali mutaxassis – bu nafaqat o‘z sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan, balki yillar davomida to‘plangan amaliy bilim va ko‘nikmalar orqali murakkab vazifalarni yechishga qodir insondir. Ular jamiyatning turli sohalarida va yo‘nalishlarda muhim o‘rin tutadi.Bekobod rangli Metallar ishlab chiqarish korxonasi MCHJda pult boshqaruvi operatori Ilhom Hamdamov mana 19-yildirki, shu yerda samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda korxonaga kelayotgan har bir operatorga ustozlik qilib kasb sirlarini o‘rgatmoqda. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar respublikamizda elektrotexnika sanoatini mis mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi. Bundan tashqari mahsulotlarni chetga eksport qilish ham munosib uddalanyapti.
Tajribali mutaxassis o‘z bilimini yangilashdan to‘xtamaydi. Ular  ishiga yuqori mas’uliyat bilan yondashadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda I. Hamdamov ham keyingi avlodga o‘z bilim va tajribalarini o‘tkazib, ularning kasbiy rivojlanishiga yordam bermoqda. Bu esa o‘z navbatida korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

 

0

(0 ovoz)