KOMBINATDA GENDER TENGLIGI
"O‘zmetkombinat" AJda gender tengligi — bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki shakllangan amaliyotdir. Ayollar erkaklar bilan bir jamoada ishlab, ulardan qolishmay o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqdalar.
Bugungi kunda kombinatda ayollar nazoratchi, kran haydovchisi, pult operatori, muhandis-texnik xodim, iqtisodchi, texnolog va tahlilchi kabi turli kasblarda mehnat qilishadi. Ular ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etib, strategik vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shib, murakkab vaziyatlarda ham aniq, to‘q‘ri qarorlar qabul qilish qobilyatini namoyon etmoqdalar.
Metallurglar jamoasida ayollar kombinat rivojiga faol hissa qo‘shayotgan mutaxassislar sifatida qadrlanadi. Bu esa metallurgiya faqatgina erkaklar kasbi emasligini ko‘rsatadi. Ayollarning muhim yo‘nalishlardagi faol ishtiroki kombinatning kuchli va barqaror jamoa shakllantirish borasida oqilona yo‘l tutayotganligini ko‘satadi.