+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

TARIXGA BIR NAZAR

TARIXGA BIR NAZAR
1 / 3

Saksoninchi yillarda zavodni kengaytirish va qayta qurish ishlari izchil davom ettirildi. 1984-yil 30-iyun kuni quruvchilar va metallurglarning to‘rt yillik fidokorona mehnati natijasida 2-navli prokat sexi (hozirgi kunda Navli prokatlash bo‘linmasi)ning birinchi navbati ishga tushirildi. Sexning ikkinchi navbati esa 1987-yil sentabr oyida foydalanishga topshirildi.

Yiliga 600 ming tonna prokat mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi tsex Elektrda po‘lat eritish sexi bilan (hozir Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi) bir vaqtda barpo etildi. Ularni bunyod etishda respublikadagi eng mohir quruvchilar ishtirok etishdi.

2-navli prokat sexi ishga tushirilishi bilan zavoddagi prokat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi uch barobarga oshdi. Sex “14”, “150” quyma quvur tayyorlamalari, turli xil navli prokatlar: aylana, “12”, “14”, “16”, “18”, “20” diametrdagi armaturalar, “15”, “50”, “56”, “63” o‘lchamdagi burchaklar, “P-5” o‘lchamdagi shvellerlar hamda 1-navli prokat sexi (hozirgi Zoldir prokatlash bo‘linmasi) uchun “125” mm kvadratni ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish