BUYURTMALAR SIFATLI BAJARILMOQDA
“O‘zmetkombinat” AJda har bir tarkibiy bo‘linma sifatli mahsulot ishlab chiqarish va rejalarini o‘z vaqtida bajarishga munosib hissa qo‘shmoqda. Metallurglar serviz markazining Quyuv-mexanika bo‘linmasi jamoasi kasbiy mahorati, tajribasi va ahilliklari eyaziga barqaror natijalarga erishmoqda.
Bo‘linmada ma’lum qilinishicha, ish jarayoni quyuv uchastkasidan boshlanadi. Bu yerda detallarning quyilishidan ish boshlanadi. So‘ngra tayyorlamalar mexanika bo‘limiga yuboriladi va u yerda keyingi ishlov berish ishlari olib boriladi. Asosiy ish hajmini kombinatning turli bo‘linmalaridan tushadigan buyurtmalar tashkil etadi.
QMBda keng turdagi mahsulotlar: prokat roliklari, valklar, podshipnik korpuslari, metall kesish uchun pichoq va boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Barcha buyurtmalar texnik talablarga to‘liq mos holda bajariladi.
Mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratiladi. So‘nggi vaqtlarda kombinat ichki buyurtmachilaridan birorta ham e’tiroz kelib tushmagan — bu esa buyurtmalarning yuqori darajada bajarilayotgani va ishga mas’uliyatli yondashuvning yaqqol dalilidir.