“O‘ZMETKOMBINAT” AJ XALQARO AUDITDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI
“O‘zmetkombinat” AJning korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi yana bir bor ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi uchun ISO 37001:2016 sertifikati qo‘lga kiritilgan edi. 2025-yilda esa ushbu tizim samaradorligi xalqaro tashqi audit tomonidan chuqur o‘rganilib, muvaffaqiyatli natija qayd etildi hamda ijobiy xulosa berildi.
Bu — korrupsiyaga murosasiz munosabat, boshqaruvda shaffoflik va halollik tamoyillarini amalda tasdiqlovchi muhim yutuqdir.
“O‘zmetkombinat” AJ shaffoflik va adolatga asoslangan korporativ boshqaruvni izchil rivojlantirishni davom ettiradi.