“O‘ZMETKOMBINAT” AJ TARIX MUZEYIGA TALABALAR TASHRIF BUYURDILAR
Bugun “O‘zmetkombinat” AJ Tarix muzeyiga Bekobod politexnikumining — korxonamizning bo‘lajak mutaxassislari bo‘lgan talabalar tashrif buyurdilar. Ular kombinatning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, zamonaviy loyihalar va yutuqlar bilan tanishdilar.
An’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish amaliyoti oldidan talabalar muzeyga tashrif buyurib, bo‘linmalar maketlari va tematik eksponatlar orqali real ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib olishadi. Bu esa ularga bugun o‘rganayotgan kasblarining mohiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Zarur bilim va yo‘riqnoma olgan talabalar korxonaning turli bo‘linmalarida kasb sirlarini bevosita amaliyot jarayonida o‘rganadilar hamda o‘z malakalarini mustahkamlaydilar.
“O‘zmetkombinat” AJ yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab, metallurgiya sohasida malakali kadrlar tayyorlashga doimiy hissa qo‘shib kelmoqda.