Zilzilada to‘g‘ri harakat — hayot garovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 maydagi PQ–158-son qarori hamda Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining 2024 yil 1 noyabrdagi 182-son bayoni ijrosi doirasida joriy yilning 19–26 oktyabr kunlari mamlakatimizda «Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi» o‘tkazildi.Haftalik doirasida «O‘zmetkombinat» AJning tarkibiy bo‘linmalarida ham ishchi-xodimlar ishtirokida zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish va favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish bo‘yicha ma’ruzalar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning seysmik xavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zilzila sodir bo‘lganda sarosimaga tushmasdan, to‘g‘ri va tezkor harakat qilish madaniyatini shakllantirishdan iborat.