«O‘ZMETKOMBINAT» VA CHINA CONSTRUCTION «METALLURG» PANSIONATINI ZAMONAVIY DAM OLISH MASKANIGA AYLANTIRISHNI REJALASHTIRMOQDA
China Construction Engineering Corporation (CSCEC) xalqaro tuzilmasi — CSCEC International direktorlar kengashi raisi Gao Bo (高波) boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida mehmonlar «O‘zmetkombinat» AJga qarashli, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Metallurg» pansionatida bo‘lib, majmuaning infratuzilmasi, mavjud imkoniyatlari hamda turizm va dam olish sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida xodimlar uchun yanada zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, «Metallurg» pansionatini Bo‘stonliq tumanidagi zamonaviy dam olish maskanlaridan biriga aylantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.