+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

Po‘lat zoldirlar ishlab chiqarish: ilk qadamlar va yangi bosqichlar

Po‘lat zoldirlar ishlab chiqarish: ilk qadamlar va yangi bosqichlar
1 / 3

Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida tog‘-kon metallurgiyasi va sement sanoati korxonalari uchun zarur bo‘lgan po‘lat maydalash zoldirlarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biri edi. Shu maqsadda Bekobodlik metallurglar ushbu mahsulotni o‘zlashtirishga kirishdilar.1994-yilda-kombinatda diametri 67–80 millimetr bo‘lgan po‘lat zoldirlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ikkita prokat stani ishga tushirildi. Bu mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va ichki bozor ehtiyojlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Keyingi yillarda mahsulot turlarini ko‘paytirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Xususan,-1998-yilda diametri 100 millimetr,-2001-yilda 120 millimetr va-2006-yilda 40 millimetr bo‘lgan po‘lat zoldirlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.Natijada mamlakatimiz tog‘-kon metallurgiyasi va sement sanoati korxonalarini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaydi. Shu bilan birga, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali valyuta mablag‘larini tejash va kombinatning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun zamin yaratildi.Kombinatda yillar davomida to‘plangan tajriba bugungi modernizatsiya jarayonlari va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Oldinda turgan asosiy vazifa — ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, mahsulot sifatini ta’minlash va mahalliy sanoatning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishdir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş