Mahalliylaştiriş dasturi: import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş hajmi kengaymoqda
Mahalliylaştiriş dasturi: import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş hajmi kengaymoqda «Özmetkombinat» AJ tomonidan mahalliylaştiriş dasturi doirasida mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalari — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ hamda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ehtiyojlari uçun turli ölçam va qattiqlikdagi maydalovçi zoldir şarlar işlab çiqarilib, yetkazib berilmoqda.Xususan, buyurtmaçilar talabiga muvofiq, quyidagi turdagi mahsulotlar işlab çiqarilmoqda:
- diametri 100 mm — III qattiqlik guruhi;
- diametri 120 mm — III qattiqlik guruhi;
- diametri 65 mm — III qattiqlik guruhi;
- diametri 50 mm — III va IV qattiqlik guruhlari;
- diametri 40 mm — III va IV qattiqlik guruhlari.
Mazkur mahsulotlar kon-metallurgiya sanoatidagi işlab çiqariş jarayonlari uçun muhim ahamiyatga ega bölib, ularning mahalliylaştirilgan holda işlab çiqarilişi import örnini bosiş, içki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlaş hamda sanoat korxonalari örtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
«Özmetkombinat» AJ mutaxassislari buyurtmaçilarning texnik talab va ehtiyojlaridan kelib çiqib, mahsulotlarni belgilangan sifat körsatkiçlari asosida işlab çiqariş va öz vaqtida yetkazib berişga alohida e’tibor qaratmoqda.Bu esa korxonada mahalliylaştiriş jarayonlarini izçil rivojlantiriş, işlab çiqariş salohiyatini oşiriş va mamlakat sanoatining barqaror taraqqiyotiga hissa qöşiş yölidagi muhim qadamdir.