900 KVT.S QUVVATGA EGA FOTOELEKTR STANSIYASI ISHGA TUSHIRILDI
Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi avtoturargohida 900 kVt.s quvvatga ega (on-grid tizimli) quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Quyosh panellari elektr quvvatlarini berish bilan birga avtomashinalar uchun soyabon vazifasini ham bajarmoqda.
Tarmoqqa tizimli ulangan ushbu quyosh fotoelektr stansiyasining yillik elektr energiyasini ishlab chiqarishi 1 623 700 kVt. soatni tashkil etadi.