+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

QURILISHDA ISHONCHLI HAMKOR

QURILISHDA ISHONCHLI HAMKOR
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJ hududida olib borilayotgan qurilish ishlari Bekobod sanoat qurilish-montaj tresti tomonidan amalga oshirilmoqda. Trest bu sohada yuqori malakali va ko‘p yillik tajribaga ega, sanoat va respublika ahamiyatiga molik loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotdir.

Bugungi kunda trest kombinatning Elektrda po’lat eritish, Quyuv-mexanika, Zoldir prokatlash, Mexanika-ta’mirlash, Elektr uskunalarini ta’mirlash bo’ linmalarida va Quyuv-prokatlash majmuasi hamda boshqa muhim ob’yektlarida keng ko‘lamli vazifalarni bajarmoqda.

Ish sifatini ta’minlash barcha bosqichlarni — loyihalashtirishdan tortib ob’yektlarni topshirishgacha — maqbul tashkil etish orqali amalga oshirilmoqda. Uchastkalar o‘rtasidagi yaxshi muvofiqlashuv qurilish muddatlariga rioya etish, yuqori standartlarni saqlash va ish sur’atini ta’minlash imkonini bermoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish