+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA PO‘LAT SHARLAR UCHUN YANGI OMBOR VA TEMIR YO‘L FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA PO‘LAT SHARLAR UCHUN YANGI OMBOR VA TEMIR YO‘L FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
1 / 7

“O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud hududlardan oqilona foydalanish va logistika imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi ombor hamda temir yo‘l tarmog‘i foydalanishga topshirildi.Bir necha yildan buyon foydalanilmay kelgan hudud qayta tiklanib, “Zoldir prokat” sexida ishlab chiqarilayotgan po‘lat sharlarni saqlash uchun qo‘shimcha ombor tashkil etildi. Shuningdek, mahsulotlarni tashish va yuklash ishlarini qulay tashkil etish maqsadida 63 metr uzunlikdagi yangi temir yo‘l qurildi.E’tiborlisi, mazkur ishlarning barchasi atigi 5 kun ichida amalga oshirildi. Natijada 10 ming tonnadan ortiq po‘lat sharlarni saqlash imkoniyati yaratilib, mahsulotlarni saqlash, ortish-tushirish va tashish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratildi.Ushbu loyiha kombinat jamoasining hamjihatligi, mas’uliyati va topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarish borasidagi sa’y-harakatlari samarasidir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish