+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
1 / 8

           
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati ijroiya apparati rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari, amalga oshirish tartibi hamda belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq ma’lumotlarni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ul rahbarlarga ro‘yxatga olish ishlarini muvofiqlashtirish, tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda mazkur jarayonning davlat ahamiyatiga ega ekani alohida ta’kidlanib, ijroiya apparati rahbarlaridan yuksak mas’uliyat, tizimli yondashuv va qat’iy ijro intizomini ta’minlash talab etildi.

3.502 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish