+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

YUQORI NATIJALAR SARI ISHONCHLI QADAMLAR

YUQORI NATIJALAR SARI ISHONCHLI QADAMLAR
1 / 3

Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi 2025-yilni salmoqli yutuqlar bilan yakunlab, 2026-yilga katta ishonch va yuksak marralar sari qadam qo‘ydi. 

Korxonada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida L63, L68, L70, CuZn30, M1 va M1E turdagi markalar bo‘yicha yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Davlat standartlari va sifat talablariga to‘liq javob beradigan mis hamda mis qotishmalaridan tayyorlanadigan folga, lenta va tasmalar ichki bozorda keng talabga ega. Jumladan, mazkur mahsulotlar SP «Avtotraktorradiator», ELECTRIC SALES MCHJ, «STANDART ELEKTRO TEXNIKA» MCHJ, «AMISTRON GRANT MIX» X/K, «Turon sanoat mezon» MCHJ kabi yirik korxona va firmalarga muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.

Shu bilan birga, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning qariyb 70 foizi xorijiy davlatlarga eksport qilinib, Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasining xalqaro bozordagi nufuzi va raqobatbardoshligi yil sayin ortib bormoqda. Bu esa korxona jamoasining izchil mehnati, innovatsion yondashuvi va sifatga bo‘lgan yuksak e’tibori samarasi sifatida e’tirof etiladi.

3.673 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish