+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

YEVROPANING YIRIK KOMPANIYASI BILAN YANGI LOYIHA MUHOKAMA QILINDI

YEVROPANING YIRIK KOMPANIYASI BILAN YANGI LOYIHA MUHOKAMA QILINDI
1 / 2

     
      
2026-yil 19-yanvarda “O‘zmetkombinat” AJga Sloveniyaning EMO FRITE kompaniyasi - keramika va qurilish sanoati uchun fritta, emallar va glazurlar ishlab chiqaruvchi Yevropa kompaniyasi rahbarlari va mulkdorlari Boyan Spolenak hamda Mikola Guzenko boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

        Tashrif ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan  O‘zbekiston Respublikasi hududida fritta ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek emallar va glazurlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

         Uchrashuv “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori B.T. Abdullayev bilan bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida Sloveniya tomoni O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholab, qulay investitsiya muhiti, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari va mamlakatning yuksak sanoat salohiyatini qayd etdi.

          B.T. Abdullayev EMO FRITE vakillariga kombinatning ishlab chiqarish imkoniyatlari, mavjud infratuzilma, logistika afzalliklari, shuningdek, korxonani rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar turini kengaytirishning strategik rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

         Uchrashuv yakunida tomonlar loyihaning iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiqligini baholash, hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllarini ishlab chiqish hamda sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilash yuzasidan birgalikda ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

       “O‘zmetkombinat” AJ xalqaro sanoat hamkorligini rivojlantirish va strategik xorijiy hamkorlarni jalb qilishni o‘zining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydi.

4.437 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish