+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

CHINA CONSTRUCTION BILAN HAMKORLIK: ENERGETIK BARQARORLIK SARI

CHINA CONSTRUCTION BILAN HAMKORLIK: ENERGETIK BARQARORLIK SARI
1 / 10

27-oktabr kuni «Oʻzmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev Xitoyning China Construction kompaniyasi Boshqaruv kengashi raisi Gao Bo bilan uchrashdi.Uchrashuvda «Oʻzmetkombinat» AJ va China Construction kompaniyasi hamkorligida 60 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimini barpo etish imkoniyatlari muhokama qilindi.Mazkur loyiha elektr energiyasidan samarali foydalanish, energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash va ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu qurilmaning ishga tushirilishi elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va sezilarli iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradi. Asosiy maqsad — zamonaviy energetik yechimlarni joriy etish orqali energiya tejamkorligiga erishish hamda kombinatning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish!

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish