+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BOSHQARUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA

BOSHQARUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA
1 / 5

"O‘zmetkombinat" AJda boshqaruv kurslarini tashkil etish va "Boshqaruvning boshlang‘ich ko‘nikmalari" loyihasi birinchi moduli doirasida ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursida ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holda 16 nafar rahbar xodim ishtirok etdi.

Malaka oshirish kursini Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi direktorining maslahatchisi Kseniya Gufurova yuqori saviyada olib bordi. Ushbu kursda ishtirok etgan tinglovchilar boshqaruvning zamonaviy uslublarini o‘rganishdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda, boshqaruv bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nimalarga ega bo‘ldilar.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish