+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘zmetkombinat” AJda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

“O‘zmetkombinat” AJda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJ Quyuv-prokatlash majmuasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga isitish mavsumi oldidan is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavzuga oid ma’ruzalar tinglanib, profilaktik videorolik namoyish etildi.

 Bundan tashqari, korxona hududida, xizmat xonalarida hamda ishlab chiqarish jarayonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, mavjud xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish muhimligi alohida ta’kidlandi.Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari tomonidan xodimlarga profilaktik targ‘ibot materiallari va eslatmalar tarqatildi.Bunday profilaktik tadbirlar xodimlarning xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish