MUTAXASSISLAR TASHRIF BUYURDI
"O‘zavtosanoat" AJning mutaxassislaridan tashkil topgan delegatsiya 10-yanvar kuni kombinatga tashrif buyurdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad "O‘zmetkombinat" AJ tarmoq korxonalari uchun yengil avtomobillar va ularning qismlarini, prokatlangan po‘lat listlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va bu borada ma’lumotlar olish bo‘ldi.
O‘z navbatida mehmonlar ham yaratilayotgan yangi quvvatlar bilan tanishish, loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va kooperatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini joylarga chiqqan holda kombinat mutaxassislaridan to‘liq tushunchalar olishdi.