MONOPOLIYAGA QARSHI QONUN BUZILISHI TO‘G‘RISIDA XABAR BERISH IMKONIYATI
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining mumkin bo‘lgan buzilishlari to‘g‘risidagi xabarlar bilan ishlash boshqa rioya qilish tartib-taomillari bilan bir qatorda Jamiyatning monopoliyaga qarshi xavflarining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish maqsadida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni erta aniqlash usuli hisoblanadi.
Har bir xodimga istalgan vaqtda monopoliyaga qarshi qonun buzilishi to‘g‘risida xabar berish imkoniyatini berish maqsadida Jamiyatda quyidagi aloqa kanallaridan foydaliniladi:
-Proaktiv axborot liniyasi (ishonch telefoni): (71) 514 19 17;
-Bunday xabarlarni olish uchun elektron pochta manzili: compliance@uzbeksteel.uz
-Ichki raqam 17-07;
Jamiyat xodimning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining mumkin boʻlgan buzilishi to‘g‘risida xabar yuborganligi, shuningdek, bunday xabar bilan bog‘liq holda xodim uchun salbiy oqibatlarning yo‘qligi va boʻlmasligini kafolatlaydi.