KASABA KUBOGI — FINALCHILAR ANIQLANDI!
Mini-futbol bo‘yicha Kasaba kubogining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Maydondagi har bir daqiqa shiddatli kurashlar va keskin lahzalar bilan to‘ldi. Final yo‘llanmasi uchun jamoalar bor kuchlarini, mahoratlarini namoyish etishdi.
XIMICH – IHQ – 1:1 (Penaltilar seriyasida 1:2)
"Penaltilar sinovi!"
Asosiy vaqtda tengma-teng kurashdan so‘ng, o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Omad lotereyasida IHQ jamoasi g‘alaba qozondi va finalga yo‘llanma oldi. XIMICH jamoasiga ham ajoyib va munosib o‘yin uchun katta rahmat!
NPB – ZoldirPB 2:4
"Derbidagi ishonchli g‘alaba!"
Ikkinchi yarim final bahsida ZoldirPB jamoasi o‘z ustunligini namoyon etdi. Ular raqib darvozasiga 4 ta gol kiritib, ishonchli g‘alaba bilan finalga chiqishdi. ZoldirPBning hujumkor o‘yini bugungi kuchli natijani ta’minladi. Shunday qilib, musobaqaning bosh sovrini uchun finalda IHQ va ZoldirPB jamoalari o‘zaro kurash olib boradilar. Oldinda bizni haqiqiy "oltin" bahs kutib turibdi.