+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

DOIMO  QALBIMIZDASIZ

DOIMO  QALBIMIZDASIZ
1 / 2

O‘tganlarni eslash, xotirlash hammamiz uchun muqaddas burch, yonimizda yurgan, qarilik gashtini surayotgan otaxonu-onaxonlarimizni qadrlash, hurmatlarini joyiga qo‘yish esa sharafli vazifamizdir. Kunlar o‘taveradi, kechagi kun ertaga tarixga aylanadi. Xuddi shuningdek, yillar o‘tib avlodlar almashib borishi ham hayotning beshafqat qonunlaridan biri.
2004-yilda kombinatimizda ishlagan 44 nafar urush ishtirokchisi Faxriylar kengashi hisobida turgan bo‘lsa, davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda ular soni yuzga yaqin edi. Bugun oramizda ulardan hech biri yo‘q. Lekin ularning porloq xotirasi qalbimizda yashaydi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş