«O‘ZMETKOMBINAT» AJDA UMUMXALQ HASHARI!
«O‘zmetkombinat» AJda o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi — HR jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.Hashar — bu nafaqat hududlarni obodonlashtirish va tozalikni ta’minlash, balki jamoaviylik, hamjihatlik va o‘zaro birdamlikni namoyon etuvchi ezgu an’anadir.HR jamoasi ham korxona hayotida faol ishtirok etib, obodonlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shmoqda.Obodlik — o‘zimizdan, birdamlik — jamoamizdan boshlanadi!