ENG NAMUNALI BÖLINMA KASABA UYUŞMASI QÖMITASI: ĞOLIBLAR ANIQLANDI!
ENG NAMUNALI BÖLINMA KASABA UYUŞMASI QÖMITASI: ĞOLIBLAR ANIQLANDI!
11-noyabr - Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan «Özmetkombinat» AJ tarkibiy bölinmalarida faoliyat yuritayotgan kasaba qömitasi raislari örtasida «Eng namunali bölinma kasaba uyuşmasi qömitasi» tanlovi ötkazildi.Oçiqlik, xolislik va haqiqiy raqobat ruhida keçgan tanlovda iştirokçilar öz faoliyati, taşabbuskorligi hamda xodimlar manfaatlarini himoya qiliş borasidagi amaliy işlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga köra, ğoliblar quyidagiça aniqlandi:
1-örin Elektr tarmoqlari va podstansiyalar bölinmasi kasaba qömitasi raisi Şamsiya Xolmatova va Kombinat markaziy laboratoriyasi kasaba qömitasi raisi Dilafruz Abduqodirovaga,
2-örin «Bekobod ovqatlaniş kombinati» MÇJ kasaba qömitasi raisi Doston Qosimovga
3-örin «Bekobod kislorod işlab çiqariş korxonasi» MÇJ kasaba qömitasi raisi Umida Törabayevaga hamda
«Ğalabaga intiliş» nominatsiyasida Avtotransport xizmati kasaba qömitasi raisi A’zam Rahmatovga nasib etdi.
Tanlov ğoliblari va nominatsiya sohiblari munosib e’tirof etilib, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.Mazkur tanlov kasaba uyuşmalari faoliyatida soğlom raqobatni rivojlantiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va xodimlar manfaatlarini himoya qiliş borasidagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.