+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
1 / 3

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zmetkombinat AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida diktant tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbir ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etishga qaratildi.Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalariga amal qilish, so‘zlarni to‘g‘ri yozish hamda tinish belgilaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Diktant tanlovi ishchi-xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, ona tilimizning boy imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglash va adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş