+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA SUN’IY INTELLEKT — ZAMONAVIY BILIM VA SAMARADORLIK SARI!

“O‘ZMETKOMBINAT”DA SUN’IY INTELLEKT — ZAMONAVIY BILIM VA SAMARADORLIK SARI!
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJda xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini ish jarayonlariga keng joriy etish va zamonaviy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom etmoqda.
Yangi bilimlar — yangi imkoniyatlar!2026-yil 23-oktabrdagi 9873k-sonli buyruq ijrosi doirasida Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi hamda Bosh buxgalteriya xodimlari uchun “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi haqida:
Davomiyligi: 4 kun, 4 ta dasturiy modul.
O‘qish shakli: ishdan ajralmagan holda.
Asosiy maqsad — raqamli kelajakka tayyor kadrlar!
O‘quv mashg‘ulotlari orqali xodimlarning sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kundalik vazifalarni bajarishda vaqt va resurslarni tejash, mehnat unumdorligini oshirish hamda ish jarayonlarini raqamlashtirishni jadallashtirish ko‘zda tutilgan.Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoni hamda tegishli hududiy topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.Sun’iy intellekt — bu nafaqat texnologiya, balki yangi imkoniyatlar, samarali mehnat va innovatsion taraqqiyot omilidir! “O‘zmetkombinat” AJda zamonaviy bilim va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali malakali, tashabbuskor va innovatsion fikrlaydigan kadrlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş