SAMARQANDGA SAYOHAT
Dam olish kunlari kombinat ishchi-xodimlari O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandga tashrif buyurishdi.
Safar doirasida ular Amir Temur va uning avlodlari – Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi-Zinda me’moriy ansambli, Ulug‘bek, Sherdor va Tilla Qori madrasalari bilan o‘ralgan Registon markaziy maydoni, Bibixonim masjidi va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan joyga tashrif buyurib, uning xotirasiga bag‘ishlab duo qildilar.