MEHNAT FAXRIYLARI SHARAFLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan shahrimizning “Baxt uyida” “O‘zmetkombinat” AJ mehnat faxriylari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi raisi Aleksandr Farmonov, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi – Bosh direktori Dilshod Axmedov, Bekobod shahar hokimi Nasrullo Boboyev qatnashib, barcha yig‘ilganlarni Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan tabriklashdi.
Tadbirda faxriylar Kengashi faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan kombinat faxriylaridan Ma’mur Madmarov, Tamara Allayorovaga "Faol faxriy" ko‘krak nishoni topshirildi.
O‘zbekiston Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashining Bekobod filiali tomonidan o‘tkazilgan bayram tadbirida shahrimiz san’atkorlari o‘zlarining jozibali kuy va qo‘shiqlari bilan xizmatda bo‘lishdi.