+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BAYRAM TADBIRINING BADIIY QISMI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI

BAYRAM TADBIRINING BADIIY QISMI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI
1 / 9

           
Metallurglar uchun tashkil etilgan tantanali bayram tadbirining badiiy qismi chinakam bayramona kayfiyatda o‘tdi. Konsert dasturi davomida taniqli san’atkorlar Shohruhxon, Jasmin hamda Botir Qodirov tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

San’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlar tomonidan iliq qarshi olinib, tadbirga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi.
Konsert dasturi davomida yangragan dilbar taronalar va samimiy muhit bayram kechasiga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Ko‘tarinki kayfiyat, samimiy muhit va unutilmas lahzalarga boy o‘tgan bayram tadbiri barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish