+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA SANOAT VA TA’LIM UYG‘UNLIGINI KUCHAYTIRISHGA QARATILGAN MUHIM UCHRASHUV O‘TKAZILDI

“O‘ZMETKOMBINAT”DA SANOAT VA TA’LIM UYG‘UNLIGINI KUCHAYTIRISHGA QARATILGAN MUHIM UCHRASHUV O‘TKAZILDI
1 / 4

    

“O‘zmetkombinat” AJda Kombinat vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati hamda respublikadagi qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida sanoat va ta’lim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, amaliy tayyorgarlik sifatini oshirish, metallurgiya, materialshunoslik hamda IT yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, ta’lim, innovatsiya va sanoat hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida oliy ta’lim muassasalari va “O‘zmetkombinat” AJ o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish