“O‘ZMETKOMBINAT”DA XALQARO STANDART TALABLARI BO‘YICHA O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI
“O‘zmetkombinat” AJda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda integratsiyalashgan menejment tizimlarini samarali joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 va ISO 50001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiq integratsiyalashgan menejment tizimi menejeri” mavzusida malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
Bekobod maxsus o‘quv markazida tashkil etilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida kombinatning turli tarkibiy bo‘linmalaridan jalb etilgan xodimlar ishtirok etib, xalqaro standartlar talablari, menejment tizimlarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari hamda ichki audit jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini boyitdilar.
Mazkur kurslar korxonada sifat, ekologiya, mehnat muhofazasi va energiya menejmenti tizimlarini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlar talablariga muvofiqlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.