TOSHKENT INVESTITSIYA FORUMIDA BAKU STEEL COMPANY VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Ayni paytda poytaxtimizda Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati xorijiy kompaniyalar va investorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Xususan, “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati Ozarbayjonning Baku Steel Company kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuv davomida metallurgiya sanoatidagi hamkorlik istiqbollari, tajriba almashish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Baku Steel Company Ozarbayjonning yirik metallurgiya korxonalaridan biri bo‘lib, po‘lat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona mamlakat metallurgiya sanoatida muhim o‘rin egallaydi hamda o‘z mahsulotlarini qator xorijiy davlatlarga eksport qiladi.