"BAXTIYOR BUVIJONLAR"
Metallurglar madaniyat saroyida Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashi Bekobod shahar hududiy filiali qoshidagi "Baxtiyor buvijonlar" folklor jamoasining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Konsertda jamoa a'zolari o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlarini ijro etib, tomoshabinlarni xushnud etishdi.
Tadbirda Bekobod shahar hokimi maslahatchisi Ulug‘bek Abdunazarov "Baxtiyor buvijonlar" folklor jamoasi a'zolariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Konsert yakunida Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashi Bekobod shahar hududiy filiali tomonidan ansambl a'zolariga "Tashakkurnoma" hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.