+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“YASHIL MAKON”

“YASHIL MAKON”
1 / 3

   Bugungi kunda issiqxonada 60 ga yaqin gul turlari o‘stirilib, parvarish qilinmoqda. Asosiysi bu yerda butasimon, daraxtsimon va tuvak gullari yetishtirilib, talab asosida tarkibiy bo‘linmalarga yetkazib borilmoqda. Issiqxona ishchi-xodimlari qalamchalar, urug‘lar orqali ko‘chatlarni ko‘paytirmoqdalar.

   O‘simliklarga keladigan bo‘lsak ular orasida namgarchilikni yaxshi ko‘radigan va yoqtirmaydiganlari ham bor. Shu asosda, ya’ni o‘simliklarning tabiatidan kelib chiqqan holda gullar alohida parvarish qilinib, ularga kerakli o‘g‘itlar berilmoqda. Issiqxonada pavloniya, vigella, magnoliya, sariq tanali va burama majnuntollar yetishtirib chiqarilmoqda. Bundan tashqari bu yerda limon, banan, kivi, kumkvat, marakuya meva daraxtlari xam yetishtirila boshlandi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş