TUSHUNTIRISH VA TARG‘IBOT ISHLARI OLIB BORILDI
Unda mutaxassislar tarkibiy bo‘linma ishchi-xodimlarini sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borildi.
Bu borada "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktorining 2025-yil 9-yanvardagi 20-sonli buyrug‘i chiqarilgan bo‘lib, ushbu yig‘ilishda talablar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.
Albatta korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish muhim hisoblanadi.
Tadbir davomida Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Toshmatova mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
SXvaMM departamenti targ‘ibot ishlarini olib borish bilan bir qatorda buyruqqa asosan "Metallurg" nomli shaxar shifoxonasi shifokorlarini jalb qilgan xolda kombinat ishchi-xodimlarining sog‘liklariga e’tibor qaratib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgani kasalliklarning oldini olishda munosib ishlar olib borilmoqda.