+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

O‘QUV-AMALIY SEMINAR

O‘QUV-AMALIY SEMINAR
1 / 6

   Mazkur seminarda  vazirlik va  idoralarning ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  mas’ullari ishtirok etishdi. Seminar davomida Davlat idoralarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati bo‘yicha reyting tizimini joriy qilish taklif qilindi. Bu haqda tizimdagi mas’ul xodimlar uchun tashkil qilingan o‘quv-amaliy seminarda so‘z bordi.
   Qolaversa, joriy yildan vazirlik, idora va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy  ishlar baholanib, reyting shaklida e’lon qilish taklifi ham ilgari surildi. Shunga ham to‘xtalish kerakki, 2025-yilda “Каlendar reja”ga asosan faoliyatdagi kreativ usul va zamonaviy yondashuvlar e’tiborga olinadi.

   Ushbu o‘quv-amaliy seminarda "O‘zmetkombinat" AJ  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Nigora Ataxanova ham ishtirok etdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş