+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

KATTA EKRANDA KINO NAMOYISHI

KATTA EKRANDA KINO NAMOYISHI
1 / 3

23-aprel kuni Metallurglar madaniyat saroyida «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan korxona xodimlari uchun tashkil etilgan «Vatan ostonasi» badiiy filmi namoyish etildi.

Film chegarachilarning hayoti, xizmat xususiyatlari va o‘z kasbiga sadoqati haqida hikoya qiladi. Film voqealari bag‘rikenglik, tinchlik, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar kabi tushunchalarga asoslanadi. Suratga olish ishlari Turkiya, Suriya, shuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida bo‘lib o‘tdi

- Film menga juda yoqdi, - deydi tomoshabinlardan biri Ismadiyor Mamatqulov. - Aktyorlar o‘z qahramonlarining dramaturgiyasi va his-tuyg‘ularini ajoyib tarzda yetkazishdi. Mana shunday ajoyib oqshom uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman.

Badiiy filmni tomosha qilish tomoshabinlarga nafaqat estetik zavq bag‘ishladi, balki muhim insoniy qadriyatlar to‘g‘risida o‘ylashga ham imkon berdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş